Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriyning rafiqasi agar u mamlakat vazirlar mahkamasi tarkibini o‘zgartirmasa, bo‘lajak saylovlarda turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Prezident hukumat tarkibiga tayinlagan 50 kishidan 45 nafarini bilmaydi, men ham ularni bilmayman”, — dedi Oysha Buxoriy.
Siyosatchining rafiqasi hukumat mansabdorlarning tayinlanishi ortida turgan kishilar tomonidan egallangan deb hisoblaydi.
Prezident saylanishda Nigeriya hukumatidagi korrupsiya va oshna-og‘aynigarchilik munosabatlariga qarshi kurashishini ma’lum qilgan edi.
Muhammadu Buxoriy 1983-yildan 1985-yilga qadar davlat rahbari lavozimini egallagan va 2015-yilda qayta saylangan.
Izoh (0)