AQShning shokolad ishlab chiqaruvchi Hershey Co. korporatsiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jon Bilbri 2017-yil 1-iyulda iste’foga chiqadi. Bu haqda, kompaniya matbuot xabarnomasiga asoslanib, “Vedomosti” ma’lum qildi.
Hershey direktorlar kengashiga boshchilik qiluvchi Bilbri direktorlar kengashining noijrochi raisi lavozimida kompaniyada qoladi.
Bilbri kompaniyadagi faoliyatini 2003-yilda boshlagan, ijrochi direktor lavozimini esa 2011-yilda egallagan.
Bilbri Hershey rahbarligidan ketish qarorini qabul qilish oson kechmaganini tan oldi.
“Ammo hozir ijrochi direktor vakolatlarini topshirib borish uchun qulay vaqt, negaki bu menga oilam va ajoyib nabiralarim bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish imkonini beradi”, — dedi u.
Izoh (0)