Madridning “Real” jamoasi klub sardori Serxio Ramos Ispaniya — Albaniya (2:0) o‘yinida jarohat olganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Tibbiy tekshiruvlar Serxioning tizza paylari shikastlanganini ko‘rsatdi”, – deyiladi “Qirollik klubi”ning matbuot xizmati xabarida.
Madridliklar 30 yoshli himoyachining safga qaytish muddati haqida rasmiy ma’lumot bermadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, odatda bunday jarohatdan forig‘ bo‘lish uchun 1 oy kerak bo‘ladi.
Qayd etish kerakki, ayni damda yarim himoyachilar Luka Modrich va Xames Rodriges hamda hujumchi Karim Benzema ham jarohatlaridan tiklanmoqda.
Izoh (0)