2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati uchun kurash olib borayotgan Yevropa mamlakatlari saralashning 3-turini boshladi.
“D” guruhi yetakchisi sifatida e’tirof etilgan va Yevropa Chempionatida yarim finalga qadar yetib borgan Uels terma jamoasi o‘z maydonida Gruziyani mag‘lub eta olmadi. Garet Beylning goli bilan oldinga chiqib olgan mezbonlar, yakunda ustunlikni saqlab qola olmadi.
Mazkur guruhda Irlandiya va Serbiya termalari yetakchi bo‘lib turibdi. Dastlabki turda bu ikki mamlakat o‘zaro durang o‘ynagandi.
JCh—2018 UEFA saralashi. 3-tur 9-oktabr, yakshanba
“D” guruhi
Uels — Gruziya 1:1
Gollar: Garet Beyl, 10 (1:0). Tornike Okriashvili, 57 (1:1).Serbiya — Avstriya 3:2
Gollar: Aleksandar Mitrovich, 6 (1:0). Marsel Zabitser, 16 (1:1). Aleksandar Mitrovich, 23 (2:1). Mark Yanko, 62 (2:2). Dushan Tadich, 74 (3:2).Moldova — Irlandiya 1:3
Gollar: Sheyn Long, 2 (0:1). Igor Bugayev, 45+1 (1:1). Jeyms Makklin, 69 (1:2). Jeyms Makklin, 76 (1:3).“G” guruhida kurash ancha qizg‘in. Italiya terma jamoasi 3-turga kelib o‘z irodasini namoyish qildi. Makedoniya mehmoni bo‘lgan “moviy gvardiyachilar” Chiro Immobilening dubli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ispaniya terma jamoasi esa Albaniyada zafar quchdi. 3-turdan keyin ikki jamoa hisobida 7, yana ikkitasida 6 ochko bor.
JCh—2018 UEFA saralashi. 3-tur 9-oktabr, yakshanba
“G guruhi
Isroil — Lixtenshteyn 2:1
Gollar: Tomer Xemed, 4 (1:0). Tomer Xemed, 16 (2:0). Maks Geppel, 49 (2:1).Albaniya — Ispaniya 0:2
Gollar: Diyego Kosta, 55 (0:1). Nolito, 63 (0:2).Makedoniya — Italiya 2:3
Gollar: Andrea Belotti, 24 (0:1). Iliya Nestorovski, 57 (1:1). Feran Xasani, 59 (2:1). Chiro Immobile, 75 (2:2). Chiro Immobile, 90+2 (2:3).
9-oktabr kuni “I” guruhi ishtirokchilari ham 3-turni yakunlab oldi. Xorvatiya Manjukichning yagona goli evaziga Finlyandiya maydonida zafar quchdi. Shu tariqa Mario saralashda 4 tadan gol urgan Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovski hamda Tomas Myullerga yetib oldi.
Bir tur avval 90-daqiqadan keyin urilgan ikkita gol sabab irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Islandiya, bu safar Turkiyaga imkoniyat qoldirmadi. O‘zining uy uchrashuvini Polshada o‘tkazishga majbur bo‘lgan Ukraina esa Kosovo darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi.
JCh—2018 UEFA saralashi. 3-tur 9-oktabr, yakshanba
“I” guruhi