AQSh rasmiylari 2030-yillarga qadar xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikda Marsga parvoz uyushtirmoqchi. Bu haqda mamlakat prezidenti Barak Obamaning CNN telekanali saytida chop etilgan maqolasida aytildi, deb xabar beradi “TASS”.
AQSh yetakchisining yozishicha, vazifa 2030-yillarga qadar insonlarni Marsga yuborish va ularni eson-omon Yerga qaytarishdan iborat. Kelajakda u yerda “uzoq vaqtga qolish” rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)