Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishining salbiy ssenariysi mamlakat iqtisodiyotiga 15 yil davomida yiliga 38–66 milliard funt sterling (47–81 milliard dollar) zarar keltirishi mumkin. Bu haqda moliya vazirligi ma’lumotlariga asoslangan holda Reuters yozmoqda.
Ushbu ssenariyga muvofiq, mamlakat Yevropa erkin savdo zonasidan chiqib, Butunjahon savdo tashkiloti qoidalariga moslashadi. Bu holda Britaniya YaIMi 9,5 foizga tushib ketadi.
Buning oqibati o‘laroq hukumat davlat xarajatlarini qisqartirib, soliqlarni oshirishga majbur bo‘ladi. Savdo va chet el investitsiyalari hajmi 20 foizgacha qisqarishi mumkin, ishlab chiqarishning kamayishi esa iqtisodiyotda umumiy tushishni keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga, ushbu prognozlar natijalari aprel oyida, referendum arafasida chop etilgan tadqiqotga asoslangani aytilmoqda.
Izoh (0)