Peruda ikki motorli yengil samolyot qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat transport va aloqa vazirligiga ko‘ra, Cessna 207 San-Migel provinsiyasida halokatga uchradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy Air Majoro aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan havo kemasi janubiy sohilbo‘yidagi Naska shahridan mamlakat sharqidagi Pukalpa shahriga reysni amalga oshirayotgandi. Parvoz chog‘ida samolyot yo‘nalishdan chetlashgan, uning ekipaji bilan aloqa uzilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokat noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuz bergan.