O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bugun — 10-oktabr kuni Tashkent challenger—2016’ning birinchi bosqichi doirasida fransiyalik Gleb Saxarovga qarshi kortga tushadi.
Fransiya nomidan ishtirok etayotgan Gleb Saxarovning Toshkentda tug‘ilgani haqida “Olamsport” ma’lumot berdi.
Istomin Tashkent challenger—2016’ning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Mukofot jamg‘armasi 125 ming AQSh dollari bo‘lgan turnirning o‘tgan yilgisida Istomin bosh sovringa ega chiqqan.
O‘zbekistonlik tennischilardan Jo‘rabek Karimovni Tashkent challenger—2016’ning ilk kunida bosniyalik raqib kutib turibdi. Humoyun Sultonov esa slovakiyalik Lukash Latsko bilan bellashadi. Mazkur tennischi bir yil oldin finalda Denis Istominga qarshi kurash olib borgandi.
Shuningdek, Sanjar Fayziyev rossiyalik Yevgeniy Donskoy bilan, Shonig‘mat Shofayziyev esa Yannik Mertens bilan kortga tushadi.
Izoh (0)