Velosipedda sayr qilish ishqibozi bo‘lgan gollandiyalik Tommi Kleyn bir kuni shahardagi sohilbo‘yining holatini ko‘rib, hafsalasi pir bo‘ldi: juda katta hajmdagi chiqindilarni hech kim tozalab olishga urinmasdi ham. AdMe yozishicha, yigit ushbu muammoni o‘ziga xos tarzda yechdi: har kuni ertalab u bitta xaltani chiqindi bilan to‘ldirish uchun 30 daqiqa barvaqtroq uyg‘onadigan bo‘ldi.
Bir haftada 20 xalta axlat to‘pladi, shunda sohilbo‘yi keskin o‘zgarish kasb etdi.
Tommi o‘zining sohilbo‘yini tozalayotgani aks etgan suratlarni Facebook’ga joyladi va 180 kishining ko‘magiga ega bo‘ldi.