AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat janubi-sharqida “Mettyu” dovuli tufayli toshqinlar xavfi kelib chiqqanini e’lon qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Obama tahdid ostidagi tumanlar aholisini evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.
“Odamlar mahalliy ma’muriyat e’lonlarini kuzatib borishi lozim. Biz moddiy zararni har doim qoplashimiz mumkin, lekin yo‘qotilgan hayotlarni qaytarib bo‘lmaydi”, — ta’kidladi davlat rahbari.
Ilgariroq dovul Florida shtati sohillariga yetib kelgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)