Indoneziya g‘arbidagi Sharqiy Yava provinsiyasida yuz bergan kema halokati oqibatida yetti kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mamlakat tabiiy ofatlarga qarshi kurashish boshqarmasi rasmiy vakili ma’lumotiga tayanib, “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, kema bortida o‘nlab odamlar bo‘lgan. Qurbonlar haqidagi ma’lumot hozircha keltirilmagan.
Agentlikning ma’lumotlariga qaraganda, kema ag‘darilib ketgan. Hodisa vaziyatlari aniqlanmoqda.
Izoh (0)