Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z tarafdorlariga murojaat etib, jangchi Fyodor Yemelyanenkoni haqorat qiluvchi yozuvlar qoldirmaslikni, qoldirilgan yozuvlarni esa o‘chirishni so‘radi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Insonning nafsoniyatiga tegmaslik kerak”, — deb ta’kidladi u Instagram’dagi sahifasida.
Yemelyanenko Grozniyda Qodirovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida tashkil etilgan janglarni tanqid qilgan edi. Ammo bu Qodirovning tarafdorlariga yoqmadi, va ular taniqli jangchini haqorat qila boshladi.
Izoh (0)