O‘zbekistonlik 7 yoshli xokkeychi Salohiddin Azimov Rossiyaning SSKA bolalar maktabidan taklif oldi. Bu haqda Toshkentdagi Next oilaviy savdo majmuasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
“Binokor” xokkey klubining tarbiyalanuvchisi Salohiddin Azimov joriy yilning sentabr oyidan boshlab Qozog‘istonning “Armada” jamoasi safida o‘ynashni boshlagan holda birinchi o‘zbekistonlik legioner bo‘ldi.
Salohiddin Azimov 2007–2008-yillarda tavallud topgan xokkeychilar o‘rtasida Qozog‘izton chempionati doirasida o‘tkazilgan birinchi o‘rtoqlik uchrashuvidayoq raqib darvozasiga 4 ta shayba kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda ham shuncha shayba kiritishdan tashqari 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Salohiddin Azimov eng yaxshi o‘yinchi deb e’tirof etildi.
Toshkentdagi 41-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Salohiddin Azimovga rossiyalik mashhur xokkeychi Pavel Burening nazari tushdi.
Yosh xokkeychining ota-onasi “SSKA professional xokkey klubi” bolalar maktabidan taklif oldi. Ushbu maktab SSKA professional xokkey klubining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Izoh (0)