Nazranda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida noqonuniy qurolli tuzilmada ishtirok etgan uch nafar gumonlanuvchi yo‘q qilindi. Bu haqda Ingushetiya huquqni muhofaza qilish organlari ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, maxsus operatsiyaning faol bosqichi yakunlangan. Jangovar to‘qnashuv davomida qarshilik ko‘rsatgan ikki nafar erkak va bir nafar ayol yo‘q qilingan.
Avvalroq Ingushetiya xavfsizlik xizmati boshqarmasining matbuot xizmati Nazran va Gazi-Yurt qishlog‘ida aksilterrorchilik rejimi joriy etilganligi haqida ma’lum qilgan edi.
Matbuot xizmati vakilining so‘zlariga qaraganda, rejim amalda bo‘lgan vaqtda bir qator cheklov va maxsus choralar qo‘llaniladi.
Izoh (0)