Suriyaning Dar-Basiya va Turkiyaning Qiziltepa aholi yashash punktlari orasidagi hududda turkiyalik harbiylar chegarani kesib o‘tayotgan suriyaliklarga qarshi o‘qotar qurol ishlatishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Otishmada 15 yoshli o‘smir halok bo‘lgani bildirilmoqda.
Harbiylarning uqtirishicha, ular o‘t ochishdan avval chegarani buzgan suriyaliklarni bir necha marta ogohlantirgan, ammo ular javob bermagan.
Izoh (0)