BMT Xavfsizlik Kengashi Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrishning BMT bosh kotibligiga nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Xavfsizlik Kengashi BMT Bosh Assambleyasiga Antoniu Guterrishni BMT bosh kotibi etib tayinlashni tavsiya qiladi”, — dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
BMT bosh kotibligiga yakuniy ovoz berish 6-oktabr kuni Xavfsizlik Kengashida bo‘lib o‘tdi, tegishli tavsiya aks etgan rezolyutsiya Bosh Assambleyaga topshirildi.
Yakuniy qaror Bosh Assambleya tomonidan soddalashtirilgan tartibda ovoz berish asosida qabul qilinadi.
Bir muddat ilgari tashkilotning amaldagi bosh kotibi Pan Gi Mun Guterrish ushbu lavozim uchun eng yaxshi tanlov ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)