Daryo

Pan Gi Mun Guterrishning BMT tepasiga kelishini yaxshi tanlov deb baholadi

Guterrish nomzodi Xavfsizlik Kengashida rasman tasdiqlanganidan so‘ng u Bosh Assambleyaga taklif etiladi

1 daqiqa o‘qish9 628 ko‘rishlar0 izoh0
Guterrish. Foto: EPA

BMTning amaldagi bosh kotibi Pan Gi Mun Antoniu Guterrishni uning o‘rnini egallash uchun eng yaxshi tanlov deb baholadi. Bu haqda u Rimda Italiya prezidenti Serjo Mattarella bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

Guterrish. Foto: EPA

“Men Guterrishni yaxshi bilaman va uni ajoyib tanlov deb hisoblayman”, — uning so‘zlarini keltiradi AFP.

Eslatib o‘tamiz, Guterrish BMT bosh kotibi saylovining birinchi bosqichida g‘alaba qozongan edi. U oxirgi oylarda BMT Xavfsizlik Kengashida o‘tkazilgan barcha ovoz berishlarda ketma-ket g‘olib bo‘ldi. Guterrish nomzodi Xavfsizlik Kengashida rasman tasdiqlanganidan so‘ng u Bosh Assambleyaga taklif etiladi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar