Yaponiya milliy terma jamoasi safida 71 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan o‘ng qanot himoyachisi Atsudo Uchida 28 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.
2015-yilning mart oyida futbolchi jiddiy jarohat olganidan keyin, kamida 1 yil maydonga tusha olmasligi aytib o‘tilgandi. Qayta tekshiruvlar esa uning futbolga qayta olmasligidan dalolat berdi.2008-yildan buyon Yaponiya milliy terma jamoasiga jalb etib kelinadigan himoyachi, 2010-yil Germaniyaning “Shalke” klubi bilan shartnoma imzolagandi. Uning so‘nggi joyi ham aynan Bundesliga jamoasi bo‘ldi.
Atsuto Uchida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi 5 ta o‘yinda ishtirok etgan futbolchi hisoblanadi.
Izoh (0)