Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Politsiyachilar Dog‘istonda o‘zi uylanmoqchi bo‘lgan 22 yoshli qizni o‘g‘irlab ketgan mahalliy aholini qo‘lga oldi, deb yozadi “Interfaks” ichki ishlar vazirligi boshqarmasiga tayanib.

Foto: “Penzanews.ru”

Foto: “Penzanews.ru”

“Jimikent” nazorat-o‘tkazish punktiga qora BMW avtomobili yaqinlashib kelgan, ammo haydovchi politsiyachilarni ko‘rgach, mashinani ortga burib, qochishga uringan. Biroq harbiylar to‘siq baryerlarini va transportni majburan to‘xtatish uchun mo‘ljallangan vositalarni ishga soldi.

Shubhalanuvchi qo‘lga olindi. Uning mashinasi ko‘zdan kechirilganida bardachokdan rezina o‘qli to‘pponcha topildi. 29 yoshli dog‘istonlik qizni Maxachqal’adagi uylardan biridan o‘g‘irlab ketayotganida unga aynan shu qurol bilan tahdid qilgani taxmin etildi.

Biroq yigitning rejasi oirigacha amalga oshmay qoldi, chunki jabrlanuvchi otasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘irlanganini xabar qilishga ulgurdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov