Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan milliy istiqlol g‘oyasiga taalluqli asosiy tushuncha va tamoyillar haqida ma’lumot beruvchi risolalar nashr qilindi, deb yozadi O‘zA.
“Yurt tinchligi”, “Vatan ravnaqi”, “Xalq farovonligi”, “Ijtimoiy hamkorlik”, “Millatlararo totuvlik”, “Dinlararo bag‘rikenglik”, “Komil inson” deb nomlangan mazkur risolalarda O‘zbekistonda yurt tinchligi, taraqqiyoti yo‘lida ijtimoiy hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatda millatlar va dinlar o‘rtasidagi o‘zaro totuvlik muhitini mustahkamlash, yosh avlodni komil shaxs etib tarbiyalashga xizmat qilayotgani e’tirof etilgan.
“Milliy g‘oya ro‘yobi sodda, hayotiy va ta’sirchan misollar yordamida tushuntirilgan ushbu risolalar ma’naviyat targ‘ibotchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularda istiqlolning shonli 25 yillik davri mobaynida O‘zbekistondagi islohotlarning mazmun-mohiyati, yosh avlod hayoti, taqdiridagi o‘rni va ahamiyati sodda, ravon, xalqchil tilda ifoda etilgan”, — deyiladi O‘zA xabarida.
Izoh (0)