Red Bull kompaniyasi to‘rt avstriyalik skaydayverdan iborat jamoani dunyodagi eng katta arg‘imchoqda uchishga taklif qildi, deb xabar beradi TJournal.
Konstruksiya ikkita havo shari yordamida qurildi. Bittasiga arg‘imchoq ikkita 125 metrlik tros bilan ulandi, ikkinchisidan esa skaydayverlar unga sakradi.
Arg‘imchoqda uchib bo‘lgan sportchilar parashyutini ochib, pastlay boshladi. 1800 metr balandlikda amalga oshirilgan bu xatti-harakatlar videolavhada aks ettirildi.
Izoh (0)