Misrning Sinay yarim orolida qo‘lbola bomba portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Al Arabiya telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, davlat elektr energiyasi kompaniyasining to‘rt xodimi ketayotgan mashina al-Arish shahriga borish yo‘lida qo‘lbola minaga yo‘liqdi. Ularning uch nafari voqea joyida halok bo‘ldi, to‘rtinchisi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Mahalliy ma’muriyat teraktni IShID amalga oshirganini taxmin qilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)