AQShning Los-Anjeles shahri politsiyasi mashina olib qochgan 18 yoshli qurollangan o‘smirni avtomobil quvg‘inidan so‘ng otib tashladi. Bu haqda, New York Daily News’ga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Politsiya xodimlari olib qochishda gumonlangan avtomobilni to‘xtatmoqchi bo‘ldi, ammo haydovchi yashirinishga urindi. Keyinroq gumonlanuvchi mashinadan sakrab tushdi va qochib ketdi.
Zobitlar o‘smirning ortidan quvdi va uni uylardan birining hovlisi orqasida otib o‘ldirdi.
Politsiyaning xabar berishicha, yigitchaning yonidan to‘pponcha topildi.