Ispaniyalik tennischi, jahonning to‘rtinchi raketkasi Rafael Nadal o‘yin vaqtida qizini tribunada yo‘qotib qo‘ygan ayol tomoshabin o‘z farzandini topib olguniga qadar o‘yinni to‘xtatib turdi, deb xabar bermoqda The Independent.
Nadal Mats Vilander bilan tandemda jahonning sobiq birinchi raketkalari — Jon Makinroy va Karlos Moyyaga qarshi Ispaniyaning Malyorka shahrida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali o‘yinda ishtirok etayotgan edi.
O‘yin vaqtida tomoshabin ayollardan biri qizini yo‘qotib qo‘ygan va shu sabab qidiruv tashkil etildi. Ispaniyalik tennischi tribunadagi hovliqishni sezib qoldi va qizcha topilmaguniga qadar o‘yinni to‘xtatib turdi. Qizini topgan ona xursandligidan yig‘lab yubordi, tribunadagilar esa ularni qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatladi.
Ko‘rgazmali o‘yin Rafael Nadal tomonidan o‘zi tug‘ilib o‘sgan Malyorka orolidagi yangi sport markazi ochilishi munosabati bilan o‘tkazildi. Nadal va Vilander juftlidi 3:6, 6:3, 10:8 hisobida Makinroy va Moyya duetidan ustun keldi.
Izoh (0)