Xitoyning Xanchjun shahrida 24-sentabr kuni kikboksing bo‘yicha professionallar o‘rtasida World Championship FF K-1 jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Kechaning markaziy jangida 62 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida o‘zbekistonlik Furqatbek Yoqubov xitoylik Xan Chu Junga qarshi ringga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Uch raundlik jangda Furqatbek Yoqubov hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi va jahon chempioniga aylandi. 21 yoshli sportchi o‘z g‘alabasini O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishladi (video).
Furqatbek Yoqubov MMA va K-1 musobaqalarida ishtirok etib, qoidasiz janglar turniri (UFC) tashkilotining e’tiborini qozonishni rejalashtirgan. Sportchi UFC’da ishtirok etadigan birinchi o‘zbekistonlik bo‘lishni ham niyat qilgan.
Izoh (0)