Suriya armiyasi otryadlari Xama shahri yaqinida ularning marralariga hujum qilgan 70 jangarini yo‘q qildi. Bu haqda, SANA agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qo‘mondonlik taqdim etgan axborotga ko‘ra, Xamadan shimolroqda joylashgan Karax va az-Zahba aholi yashash joylarida jangarilarning hujumlari to‘xtatib qolindi.
Hukumat qo‘shinlariga “Jaysh al-Fath”, “Jund al-Aqso” va “Ahror ash-Shom” guruhlari jangarilari birlashib hujum uyushtirgan edi.
Izoh (0)