Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Aeroflot” aviakompaniyasi bosh direktori Vitaliy Savelyevning samolyot bortida plastik kishan va kamarlar saqlash bo‘yicha taklifini ma’qulladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Ayni paytda janjalkash yo‘lovchilarni tinchlantirish uchun ro‘mollardan foydalaniladi. Shu tufayli Savelyev endilikda bu ishni kishan va kamarlar yordamida amalga oshirishga ruxsat so‘radi.
Shuningdek, u bortda uyushtiriladigan to‘polonning ayrim turlari uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni so‘radi.
Agar ushbu taklif ma’qullansa, bundan buyon Rossiya samolyotlarida janjal ko‘targan yo‘lovchilar kishanband etilishi yoki kamarlar bilan o‘rab tashlanishi mumkin, deb yozadi nashr.
Izoh (0)