AQShning Nyu-Jersi shtatida poyezd Xoboken shahri bekati binosiga urilib ketdi. Bu haqda, ABCNews’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Buning oqibatida yuzdan ortiq odam jarohat oldi, ko‘pgina yo‘lovchilar vagonlarga qamalib qoldi.
Binoga ham jiddiy zarar yetdi. Poyezd tayanch ustunlardan birini qulatdi, buning oqibatida temir yo‘l terminali tomi quladi.
Yo‘lovchilar tezkorlik bilan evakuatsiya qilindi, bekat yopildi. U yerda ayni paytda favqulodda xizmatlar ishlamoqda.
Izoh (0)