Jazoir OPEK karteliga a’zo mamlakatlarga neft qazib olishning kunlik miqdorini 796 ming barrel qilib belgilashni taklif qildi. Bu haqda, Bloomberg’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoniga kunlik miqdorni 442 ming barrelga qisqartirib, sutkasiga 10,1 million barrel neft chiqarish tavsiya etildi. Eronga Jazoir 3,7 million barrellik kvotani taklif qildi.
Iroq va BAAga Jazoir tegishli ravishda 135 ming va 155 minglik kvotalarni taklif etmoqda. Liviya bilan Nigeriyaga esa, Jazoir vakillarining fikricha, hajmlarni qisqartirish talab etilmaydi.
Jazoirda 26–28-sentabr kunlari Xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida OPEK mamlakatlari neft qazib chiqarish hajmlarini kvotalash masalasida kelishib olishi kutilayotgan edi.
Izoh (0)