Tinch okeanining “Megi” nomli shiddatli to‘foni 27-sentabr kuni Tayvanga zarba berdi. Mahalliy hokimiyat vakillarining xabarlariga qaraganda, tabiiy ofat tufayli bir kishi halok bo‘ldi, 75 kishi yaralandi, deb xabar beradi “TASS”.
Shuningdek, to‘fon oqibatida 2,9 million oila elektr quvvatisiz qolgani aytilmoqda.
Tropik siklon radiusi 23 million kishi yashaydigan orolning butun hududini qamrab olish uchun yetarli bo‘ldi. Ko‘pgina shahar va uyezdlarda maktablar va ofislar yopildi. Taybey fond birjasida sotuvlar bekor qilindi.
Transport harakati ham to‘xtab qoldi.