23-sentabr kuni “O‘zbekkino” milliy agentligida Sony kompaniyasining Moskva filiali vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda agentlik bosh direktori A. Musayev, bo‘lim boshlig‘i B. Muhamedov, Sony kompaniyasi Moskva bo‘limini rivojlantirish departamenti mudiri N. Nalivko, texnik bo‘lim rahbari o‘rinbosari D. Bunevich, kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori “DatEX-Systems” MChJ rahbari B. Burkatskiy ishtirok etdi.
Uchrashuv shu yilning may oyida “O‘zbekkino” delegatsiyasining Rossiya va Chexiya davlatlariga uyushtirgan rasmiy tashrifi natijasida amalga oshirildi.
Uchrashuv davomida “O‘zbekfilm” kinostudiyasini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda uni yangi raqamli texnologiyalar bilan jihozlash bo‘yicha o‘zaro hamkrolikni yo‘lga qo‘yishga doir masalalar ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng Sony vakillari tomonidan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi rahbari H. Nasimov boshchiligidagi kinooperatorlarga so‘nggi rusumdagi Sony F-55 videokamerasi ma’lum muddatga foydalanish uchun beg‘araz topshirildi.
Izoh (0)