Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning Kengashiga uchta a’zosining saylovini bekor qildi. Bu haqda, Reuters agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur saylov OFKning navbatdan tashqari syezdida ishtirok etgan 44 delegatdan 42 nafari kun tartibiga qo‘yilgan masalaga qarshi ovoz berganidan so‘ng bekor qilindi.
FIFA Kengashining yangi tarkibdagi yig‘ilishi 2016-yilning 13—14-oktabr kunlari Shveysariyaning Syurix shahrida bo‘lib o‘tadi.
Shu yilning 9—10-may kunlari Mexikoda FIFAning qayta tashkil etilgan Kengashi birinchi yig‘ilishida tashkilotning Ijroqo‘mi a’zolari ishtirok etgandi.
FIFA 2016-yilning 30-sentabriga qadar konfederatsiyalar Kengashga yangi a’zolarni saylash haqida qaror chiqargan edi.
FIFA ustavidagi o‘zgarishlar 2016-yil 27-aprel kuni, tashkilotning navbatdan tashqari kongressida (26-fevral kuni) qabul qilinganidan 60 kun o‘tib kuchga kirdi.
Unga ko‘ra, Ijroqo‘m o‘rniga FIFA Kengashi va bosh kotibiyat faoliyat yuritadi. FIFA Kengashi strategik va “siyosiy” masalalarni hal qiladi.
Bosh kotibiyat esa tashkilotning faoliyati va tijorat masalalarini nazorat qiladi. Shuningdek, Kengash Bosh kotibiyat va qo‘mitalarning faoliyatini ham nazorat qilib boradi.
Izoh (0)