Tayvan oroli rasmiylari “Megi” to‘foni yaqinlashayotgani uchun bir necha ming sayohatchini evakuatsiya qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
So‘nggi ikki hafta davomida bu Tayvanga yopirilayotgan uchinchi to‘fon bo‘ladi. Orolda 100 ga yaqin vaqtincha joylashish punktlari tashkil etilgan.
Qayd etishlaricha, “Megi” to‘foni Tayvanning sharqiy hududlariga 27-sentabr, seshanba kuni yetib boradi.
Sinoptiklarning prognoziga ko‘ra, to‘fon o‘zi bilan uch kun davom etadigan kuchli yog‘ingarchilikni olib keladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)