Hindistonda davom etayotgan o‘smir futbolchilar ishtirokidagi Osiyo Chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z yurishiga chorak finalda yakun yasadi.
Musobaqaning “D” guruhini 9 ochko bilan 1-o‘rinda yakunlagan Temur Olimxo‘jayev murabbiyligidagi jamoa, “C” guruhida to‘plagan 5 ochkosi bilan ikkinchi bo‘lgan Iroqdan yengildi — 0:2. bellashuvda Muhammad Dovud dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur g‘alaba Iroq terma jamoasiga Yaponiya va Erondan keyin o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon Chempionati chiptasini taqdim etdi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi esa mundialdan chetda qoldi.
Osiyo Chempionati U16 Chorak final 23-sentabr, juma
Iroq — O‘zbekiston 2:0
Gollar: Muhammad Dovud, 6 (1:0). Muhammad Dovud, 79 (2:0).Chetlatish: Shuhrat Ne’matov, 81 (O‘).O‘zbekiston U16: Abduvohid Ne’matov — Abubakir Mo‘ydinov, Ixtiyor Xoldorov, Muhammadali Nomozov, Mardon Abdullayev, Oston O‘runov, G‘ayrat Azizxo‘jayev (Abdulhay Ismoilov, 60), Bahrom Soatov (Islom Karimov, 63), Rasul Yo‘ldoshev, Asadbek Sobirjonov (Shuhrat Ne’matov, 63), Doniyor Abdumannopov.
Izoh (0)