Ozarbayjondagi Gunashli neft-gaz manbaida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi (SOCAR) tarqatgan bayonotga ko‘ra, 71-raqamli yoriqda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari chog‘ida past bosimli gaz sizishi kelib chiqqan, buning oqibatida yong‘in yuz bergan.
“28-may” neft-gaz qazib oluvchi boshqarma shaxsiy tarkibi barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgani aytilmoqda.
“49 kishidan iborat tarkib xavfsizligi to‘liq ta’minlandi, jarohat olganlar yo‘q”, — deyiladi xabarnomada.
Kon SOCAR neft hajmining 65 foizini ta’minlaydi.
Izoh (0)