Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smir futbolchilar ishtirokidagi Osiyo Chempionatida yarim finalga yo‘llanma olgan ikki terma nomi ma’lum bo‘ldi.
“A” guruhini peshqadam sifatida yakunlagan Eron o‘smirlar terma jamoasi chorak finalning birinchi o‘yinida Vyetnam ustidan 5:0 hisobida zafar quchdi va kelasi yil bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati ishtiroksichiga aylandi. Forslar guruh bosqichida Saudiyani 3:2 va Hindistonni 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, BAA bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
Yaponiya o‘smirlar terma jamoasi esa mundial yo‘lidagi o‘yinda BAAdan ustun keldi — 1:0. Kunchiqar yurt o‘smirlari guruh bosqichida 21 ta gol urib, birorta ham gol o‘tkazib yubormagandi. Chorak finalda ham bu an’ana davom etdi.
Bugun — 26-sentabr kuni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yarim final yo‘lida Iroq bilan to‘qnash keladi. KXDR esa Ummon bilan bellashadi.
Izoh (0)