Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Zimbabve prezidenti Robert Mugabe Xavfsizlik Kengashida qit’a davlatlari vakolatlari va huquqlarini kengaytirish bilan bog‘liq shoshilinch islohotlar o‘tkazilmasa, Afrika mamlakatlari BMTdan chiqishi bilan tahdid qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Foto: AFP

Xalqaro tashkilot Bosh Assambleyasidan qaytganidan so‘ng Mugabe Afrika mamlakatlari Xavfsizlik Kengashida yetakchilik qilayotgan G‘arbga qarama-qarshi o‘laroq, Rossiya, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlar bilan birgalikda o‘z tashkilotlarini tuzishi mumkinligini ma’lum qildi. Gap shundaki, qit’a davlatlari 2005-yildan beri kengashda doimiy ravishda ikki a’zolik o‘rni ajratilishini talab qilmoqda.

“Bizni faqat Rossiya va Xitoy qo‘llab-quvvatlamoqda, AQSh esa qarshi chiqadi. Kengashdagi G‘arb vakillari Afrika davlatlari fikrlarini inobatga olmay, rezolyutsiyalarini beayov tahrir qilib, tomoshaga aylantirmoqda. Har bir mamlakat BMTning to‘laqonli a’zosi ekanligini tan olish lozim. Yo islohot o‘tkaziladi, yoki bizsiz bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Shu bilan hammasi tugaydi”, — ogohlantirdi qit’aning keksa yetakchilaridan biri sanaladigan 92 yoshli Zimbabve prezidenti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi