20–23-sentabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Majlisda Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi hamda Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlislariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi.
2016-yil 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ShHT kuzatuvchilari missiyasi ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni amaliy jihatdan rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi.
Izoh (0)