Hillari Klinton AQSh davlat kotibi lavozimini egallab turgan paytda Rossiyaga tashrifi davomida mehmonxona xonasida maxfiy hujjatni unutib qoldirgan. Bu haqda, Federal qidiruv byurosi (FQB)ning Klinton yozishmalariga doir e’lon qilgan axborotiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda .
Xabar berishlaricha, davlat kotibi Klintonning Rossiyaga tashrifi davomida uning yordamchilaridan biri ichida maxfiy materiallar bo‘lgan papkani mehmonxonaga keltiradi.
Klinton va uning yordamchisi xonani tark etgandan so‘ng, diplomatik qo‘riqlov xizmati xodimlari u yerdan maxfiy hujjatni topgan, deyiladi FQB axborotida.
“Aslida bu hujjatlar umuman mehmonxona ichkarisiga olib kirilmasligi kerak edi”, — deyiladi AQShning ABC News telekanali axborotida.
Izoh (0)