Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Estoniyada vakillar hay’ati prezidentlik saylovining ikkinchi turida ham davlat rahbarini saylay olmadi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA
Ikkinchi tur yakunlari bo‘yicha advokat Allar Yiks 143, uning raqibi, Islohotlar partiyasi faxriy raisi Siym Kallas 138 ovoz to‘pladi. G‘alaba qozonish uchun kamida 168 ovoz yig‘ish talab etilgan edi.

Vakillar hay’ati ikki turda ham davlat rahbarini saylay olmagani uchun bu huquq yana parlamentga o‘tdi. Navbatdagi prezidentlik saylovi ikki hafta davomida tashkil etilishi lozim.

Mamlakatning amaldagi prezidenti Toomas Xendrik Ilves ikki bor besh yillik muddatga saylangani sababli bu lavozimga ortiq da’vogarlik qilolmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda