AQShning Jorjiya shtatida istiqomat qiluvchi ayol uyiga kirib olgan uch nafar qurolli erkakni haydab yubordi. Kuzatuv kamerasiga tushirilgan video YouTube’da mahalliy Gwinnett Daily Post nashri tomonidan e’lon qilindi, deb xabar beradi TJournal.
Ayol restoran egasi bo‘lib, kamerali xonadan ombor sifatida foydalangani ma’lum. U jinoyatchilarni sezgani hamon ularga qarata o‘t ochdi, so‘ng 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qildi. Talonchilardan biri keyinroq olingan jarohat oqibatida olamdan o‘tdi.
Okrug politsiyasi talonchilar haqidagi axborot uchun mukofot e’lon qildi.
Izoh (0)