Syerra-Leone terma jamoasining sobiq futbolchisi Alfaxor Mamadu Ba 22-sentabr kuni mamlakat poytaxtida ro‘y bergan mudhish avtohalokat qurboni bo‘ldi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
39 yoshli sportchi o‘z mashinasida ketayotganida qarama-qarshi yo‘nalishdan kelgan yuk mashinasi unga urildi. Futbolchi yaqin oradagi shifoxonaga yetkazildi, ammo uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.
Mamadu Ba 2000–2008-yillarda terma jamoa tarkibida 35 ta o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek, u 1994–1996-yillarda Belgiyaning “Lokeren” jamoasi tarkibida to‘p surgan.
Izoh (0)