Kolumbiyada davom etayotgan futzal bo‘yicha Jahon Chempionatida chorak finalga yo‘llanma olgan yana uch mamlakat nomi aniq bo‘ldi. 21-sentabr kuni Paragvay va Rossiya termalari ¼ final chiptasiga ega chiqqan bo‘lsa, 22-sentabr tongida Eron, Ispaniya va Portugaliya termalari shunday baxtga erishdi.
Jahon Chempionatining eng sensatsion natijasini forslar qayd etdi. Hozirga qadar 7 bor o‘tkazilgan mundialning 5 tasida bosh sovringa ega chiqqan Braziliya Eronga qarshi uchrashuvda 4:4 hisobida durang o‘ynadi. Penaltilar seriyasida esa eronlik futzalchilar 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
Ispaniya terma jamoasi chorak finalga yo‘llanma olish uchun Qozog‘iston ustidan 5:2 hisobida zafar quchdi. Portugaliya esa Kosta-Rikaga imkoniyat qoldirmadi — 4:0.
22-sentabr kungi uch uchrashuvdan keyin chorak finalning ikkita juftligi to‘liq hal bo‘ldi. Unda rossiyalik futzalchilar Yevropaning amaldagi chempioni Ispaniya bilan to‘qnash kelsa, Eron Paragvayga qarshi zalga chiqadi.
Izoh (0)