Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasida 4-tur bellashuvlari “Milan” — “Latsio” o‘yini bilan start oldi.
Bunga qadar 2 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan Vinchenso Montella murabbiyligidagi “Milan”, “Juzeppe Meatssa” stadionida kechgan o‘yinda Rim klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Mazkur g‘alaba milanliklarni turnir jadvalida “Napoli” va “Yuventus”dan keyin 2-o‘ringa olib chiqdi.
6-pog‘onada borayotgan “Latsio” hisobida 7 ochko bor.
A seriya 4-turidan joy olgan yana 9 ta bellashuv 21-sentabr kuni tunda bo‘lib o‘tadi.
Italiya A seriyasi 4-tur bellashuvlari 20-sentabr, seshanba
“Milan” — “Latsio” 2:0
Gollar: Karlos Bakka, 37 (1:0). Mbaye Nyyang, 74-pen (2:0).21-sentabr, chorshanba“Bolonya” — “Sampdoriya”“Atalanta” — “Palermo”“Jenoa” — “Napoli”“Kyevo — “Sassuolo”“Peskara” — “Torino”“Roma” — “Krotone”“Udineze” — “Fiorentina”“Empoli” — “Inter”“Yuventus” — “Kalyari”
Izoh (0)