AQShning Jonson okrugida istiqomat qiluvchi 19 yoshli Shelbi Eyks ismli qiz telefon raqamini adashtirib, politsiya xodimiga giyohvand modda sotib olish taklifi bildirilgan SMS yo‘lladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Detektivlar qiz bilan bog‘lanib, kelishuv borasida gaplashib oldi. Eyks “xaridorlarga” qiymati 700 dollar bo‘lgan metamfetamin hamda faqatgina shifokorlar tomonidan belgilanadigan og‘riqni qoldiruvchi moddalarni sotdi.Politsiya xodimlari qizni hibsga oldi. Unga 30 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Izoh (0)