Afg‘oniston janubida “Tolibon” jangarilari uyushtirgan hujum oqibatida uch politsiyachi halok bo‘ldi, to‘qqiz nafari yaralandi. Bu haqda, Pajhwok agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, hujum Qandahor viloyatida, Pokiston chegarasiga yaqin hududda biryo‘la bir nechta nazorat-o‘tkazish punktiga uyushtirilgan.