Microsoft kompaniyasi Nokia’dagi telefon biznesini Xitoyning Foxconn kompaniyasiga sotayotgani ancha ilgari ma’lum bo‘lgan edi. Lekin, shunga qaramay, u ketishdan oldin yana bitta mobil telefon chiqarishga qaror qildi, deb xabar beradi “Layfxaker”.
Gap Nokia 216 haqida ketmoqda. U 2,4 dyuymli QVGA-displey va ikki 0,3 Mp li kamera bilan jihozlangan oddiy telefon apparatidir. Qo‘shimcha tarzda ishlab chiqaruvchi uskunani 3,5 millimetrli audioulagich bilan ta’minladi. Dasturiy platforma sifatida Nokia’ning o‘ziga tegishli Series 30 ishlatiladi. Tizim Opera Mini brauzeriga ega.
Aytilishicha, Nokia 216 xotira kartasi uchun slotga ega. Shuningdek, uning batareyasi bir marta quvvatlantirilganida juda uzoq ishlashga yetadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u bugungi kundagi barcha smartfonlardan ustun turadi.
Nokia 216 Hindistonda 37 dollarga sotiladi.
Microsoft Nokia’ning oddiy telefonlar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasi Xitoy kompaniyasiga sotilgani haqida e’lon qilganiga ko‘p vaqt bo‘ldi. Shu bois ekspertlar taqdim etilgan Nokia 216 Microsoft ishlab chiqargan bu turdagi oxirgi telefon bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Mavzuga oid:
Bundan tashqari, amerikaliklar Lumia smartfonlarini chiqarishni to‘xtatib, ilgari Nokia tarkibiy qismi bo‘lgan mazkur brenddan voz kechishni rejalashtirmoqda.Shu bilan birga, kompaniya smartfonlar bozoridan chiqib ketish niyatida emas. Keyingi yil boshida Microsoft Surface brendi ostida yangi “aqlli” uskunalar qatorini chiqara boshlashi kutilmoqda. Smartfonlar uzoq yillardan buyon iOS va Android bilan raqobatga dosh bera olmayotgan Windows Phone tizimida ishlashda davom etadi.
Izoh (0)