Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi akkumulyatorlari yonib ketgani haqidagi xabarlar tufayli, o‘zining Galaxy Note 7 smartfonlarini almashtira boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.
Almashtirib berish jarayoni boshlangan Janubiy Koreyada jami 400 mingga yaqin ushbu modeldagi smartfon sotilgan. Kompaniya ularni yangi smartfonlarga almashtirib berishi yoki operator mobil tarmog‘iga ulanish haqidagi shartnomani bekor qilishi mumkin.
Galaxy Note 7 smartfonlari savdosi o‘nta mamlakatda 17-avgustda boshlandi, ammo sentabr boshida smartfonning quvvat olish elementlari qizib ketishi va yonib ketishi holatlari haqida xabarlar kelib tusha boshladi. Shundan so‘ng kompaniya ushbu modeldagi barcha smartfonlarni yangilariga bepul almashtirib berishini e’lon qildi. Kompaniya jami 2,5 millionga yaqin Note 7 smartfonlarini qaytarib olishi ma’lum qilindi.
Izoh (0)