Meksikadagi Jahon seriyasi finalida britaniyalik triatlet Jonatan Braunli yetakchilik qilayotgan bir paytda o‘zini yomon his qila boshladi — uning oyoqlari chalisha boshladi, sportchi o‘yindan chiqishiga bir baxya qoldi. Uning hikoyasini TJournal keltirmoqda.
Uning akasi Alister uchinchi o‘rinda ketayotgandi. U nafaqat ukasining finishga yetib borishiga yordam berdi, balki finish chizig‘iga yaqin joyda uni biroz itarib, ikkinchi bo‘lishiga erishdi. Alisterning o‘zi uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa g‘olibi JAR vakili Genri Shuman bo‘ldi.
Keyinroq Jonatan shifoxonada yotgani aks etgan fotosuratni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.
Izoh (0)