Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 4-turida ikki peshqadam — Turinning “Yuventus” hamda Rimning “Roma” klublari mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Turning markaziy o‘yini Milan shahrida kechib, Yevropa Ligasini o‘z maydonidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan Frank de Bur boshqaruvidagi “Inter” mamlakatning amaldagi chempioni “Yuventus” ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Bu mag‘lubiyat Turin klubini peshqadamlikdan ayirdi. Qayd etish kerak, “Yuventus” Chempionlar Ligasining guruh bosqichini o‘z maydonidagi durang bilan boshlagandi.
Chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan yana biri bo‘lgan “Roma” Florensiyada ochko yo‘qotdi. Milan Badelning yagona goli “Fiorentina”ga 3 ochko taqdim etdi.
“Yuventus”ning qoqilishi natijasida mavsumni durang bilan boshlagan “Napoli” peshqadamga aylanib oldi. Uchrashuvning 60-daqiqasiga kelib Arkadiush Milikning maydonga tushirilishi, qolgan yarim soat ichida Neapol klubiga g‘alaba olib keldi.
Italiya A seriyasi 4-tur bellashuvlari 16-sentabr, juma“Sampdoriya” — “Milan” 0:1
Gol: Karlos Bakka, 85 (0:1).17-sentabr, shanba
“Latsio” — “Peskara” 3:0
Gollar: Sergey Milinkovich-Savich, 67 (1:0). Stefan Radu, 72 (2:0). Chiro Immobile, 76 (3:0).Noaniq penalti: Ledian Memushay, 35 (P).“Napoli” — “Bolonya” 3:1
Gollar: Xose Kalexon, 14 (1:0). Simone Verdi, 56 (1:1). Arkadiush Milik, 68 (2:1). Arkadiush Milik, 78 (3:1).Chetlatish: Emil Kraft, 81 (B).18-sentabr, yakshanba
Izoh (0)